Inson kapitali ijtimoiy rivojlanishning asosiidir
Yangiliklar va tadbirlar Hammasini ko‘rish
Slovakiya elchixonasi vakillari ishtirokida "O'zbekiston-Slovakiya o'rtasida yoshlarning aloqalarni mustahkamlashdagi roli
LinguiSkills loyihasi
Mahorat and manegement tashkilotida yangi amaliyotchilari bilan suhbat bo'lib o'tdi
Universitetda “Oltin fond” tanlovi o‘tkazildi
Toshkentda «Mahorat & Management» НТТning yangi ofisi ochildi
Bizning loyihalarimiz
Tadbirlar o‘tkazish (konferensiyalar / seminarlar / vebinarlar)
O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi (UZTEA) buyurtmasiga ko‘ra, 2021 yil dekabridan 2022 yilning martigacha “Maktabgacha ta’lim o‘qituvchilari uchun LMS texnologiyasi asosida o‘qituvchilar tayyorlashning asosiy qadriyatlari standarti” loyihasi doirasida “Mahorat & Management” onlayn konferensiya va 8 ta onlayn vebinarlarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashdi.
Loyiha jamoasi O‘zbekistondagi o‘qituvchilar uchun Professional standartning asosiy elementlaridan foydalangan holda 8 ta o‘quv modulini tayyorladi. O‘quv modullarini o‘tkazish rejalashtirilgan trenerlar guruhi maktabgacha tarbiya o‘qituvchilari orasidan aniqlandi. Ishlab chiqilgan modullar ZOOM platformasi yordamida 2022 yil 21 yanvardan 2022 yil 28 fevralgacha muddatda taqdimot qilindi. Onlayn vebinarlar ishtirokchilarining o‘rtacha soni 80-85 kishini tashkil yetdi.
Loyihaning yakuni sifatida, 2022 yil 4 martda ishtirokchilarning xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ingliz tilida o‘zbek va rus tillariga sinxron tarjima qilingan holda o‘tkazildi. Konferensiyada universitetlar o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi. Shuningdek, konferensiyada Webster universitetida Ta’lim va innovasiyalar (MAIDEN) bo‘yicha magistr darajasini olish uchun tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etishdi. Tadbirda Maktabgacha ta’lim vazirligi, Yevropa ta’lim fondi va boshqa nodavlat tashkilotlar vakillari mehmon sifatida ishtirok etdi.
“Mahorat & Management” jamoasi “Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv-me’yoriy asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyihasi doirasida trenerlar uchun seminarlar tashkil etish, vebinar va master-klass darslarini tashkil etishda faol ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha 2021-yil sentyabr oyidan boshlab Oliy Majlis huzuridagi Jamoat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi (UzTEA) tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Loyihada ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha 10 ta kasbiy standartlarni ishlab chiqish, dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, dual ta’limni joriy etish bo‘yicha tanlangan 10 ta kasb bo‘yicha o‘quv rejalari (modullari), mutaxassislarning malakasini baholash tartibi ko‘zda tutilgan dual ta’lim dasturi bitiruvchilari, shuningdek, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 3000 dan ortiq rahbar va o‘qituvchilar uchun dual ta’limni joriy etish bo‘yicha 10 ta seminar va qisqa muddatli treninglar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
ЕTF missiyasi va konsultasiyalar, shu jumladan Darya loyihasi
ЕTF missiyasini va konsultasiyalarni, shu jumladan DARIA loyihasini tashkil etishga ko‘maklashish. ЕTFning uzoq muddatli hamkori sifatida “Mahorat & Management” jamoasi ЕTF ning 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan ish dasturida O‘zbekistondagi faoliyatni namoyish etish va xususan, Yevropa Ittifoqi nomidan amalga oshirishni rejalashtirgan ЕTFning DARIA mintaqaviy loyihasida hamkorlik qilish uchun ЕTF guruhining Toshkentdagi missiyasini tashkil etishda ko‘maklashdi.
ЕTF missiyasi Yevropa ta’lim fondi va O‘zbekiston davlat muassasalari o‘rtasida kasbiy ta’lim va ta’lim, mehnat bozori va ko‘nikmalarni rivojlantirish, umrbod ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida tashkil etildi. Bizning funksiyamiz ЕTF ning “DARYA” jamoasi katta ekspertlari, ЕTF ning O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili – janob Yan Kamming va Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori Kristin Xemschemeer xonim boshchiligida 27 yil 6 iyundan 2022 iyul sanalarida Toshkentga tashrifi chog‘ida uchrashuvlar o‘tkazish, davra suhbatlarini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek,tarjima xizmatlari va ЕTF jamoasining uchrashuvlarini moddiy-texnik ta’minlashdan iborat.
ЕTF “Turin jarayoni” loyihasi - 5-raund (2018-2020)
Mahorat & Management Yevropa ta’lim fondi (ETF) bilan 2019-2020 yilarda “Turin jarayoni” loyihasi 5-bosqich doirasida hamkorlikda ish olib bordi. Turin jarayoni har ikki yilda bir marta profesional ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi va hamkor mamlakatlarga kasb-hunar ta’limi va kasbga o‘qitish tizimi islohotlaridagi yutuqlarini muvofiqlashtirish va baholashga imkon beradi. Loyihaning 2019 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan beshinchi bosqichida “Mahorat & Management” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda professional ta’limning boshqa manfaatdor tomonlari bilan birgalikda “Turin jarayoni”ni amalga oshirishni, shu jumladan fokus-guruhlarni tashkil yetish, tadbirlarni tashkil etish va axborotlar tahlilini muhokama qilishni faol qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish davomida Toshkent, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida tayyorgarlik uchrashuvlari, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklarda “Turin jarayoni”ning bir guruh ekspertlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi. Loyihani boshlash tadbiri 2019 yil 14 iyun kuni Radisson Blu mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar respublikamiz bo‘ylab amaliyotchilar, ta’lim muassasalari, kasb-hunar birlashmalari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari bilan muhokama jarayonida bo‘lgan Milliy hisobot loyihasini tayyorladilar.
ETF loyihasi “Fuqarolik jamiyati tashkilotlari va Inson kapitalini rivojlantirish”
Yevropa ta’lim fondi (ETF) buyurtmasi asosida, 2020 yilning avgust-dekabr oylari mobaynida O‘zbekistonda “Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining hayot davomida inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida” so‘rov o‘tkazish. Ushbu tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga, ya’ni inson kapitalini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan ko‘nikmalari, malakalari, bilimlari va munosabatlarini shakllantirishga qanday hissa qo‘shishini o‘rganishdir.
Biz so‘rovnomani quyidagi to‘rtta bo‘limdan iborat anketa asosida o‘tkazdik:
- tashkilotning profili
- jamoat tashkilotlarining KOVID-19 pandemiyasi oqibatlariga javobi
- manfaatdor tomonlar / siyosatchilarning muloqoti va ularning inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi salohiyati.
Ushbu so‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab tanlangan 25 ta jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazildi. Ushbu tashkilotlar pandemiya davrida yoshlar, ayollar va ularni ish bilan ta’minlash uchun ta’limning turli shakllarini targ‘ib qilib borganlar.
O‘zbekistonda kasbiy ta’limni isloh qilish loyihasi (SVRP)
O‘zbekistonda kasbiy ta’limni isloh qilish loyihasi (SVRP) ga professional ta’lim boshqaruvi (Governance in VET) yo‘nalishida tadqiqot o‘tkazishiga ko‘maklashish. Mahorat & Management SVRP loyihasiga 2022 yilning aprel-iyul oylari davomida professional ta’lim boshqaruvi holati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazishda ko‘maklashdi. So‘rovnoma profesional ta’limning asosiy funksiyalari doirasida boshqarish tizimining sifatini baholash uchun o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari profesional ta’limni boshqarishning muayyan aspektlarida boshqarish tizimini yaxshilashga doir tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanishi mumkin.
So‘ronoma SVRP loyihasida doirasida hamkorlik qilayotgan Shveysariyaning CEMETS instituti ishtirokida masofaviy tarzda o‘tkazilgan bo‘lib, unda professional ta’limdagi manfaatdor muassasalarning 1000 ga yaqin vakillari ishtirok etdi. Manfaatdor tashkilotlar jumladan quyildagilarni o‘zida qamrab oldi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Savdo sanoat palatasi, va boshqa manffatdor tashilotlari tizimiga kiruvchi tashkilotlar.
Katta ekspertlar xizmati (SES)
Katta ekspertlar xizmati (SES)
2019 yilning iyun oyidan boshlab “Mahorat & Management” Germaniyadagi ekspert tashkiloti bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. U ixtiyoriy asosda maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi 12 500 nafardan ortiq nafaqadagi mutaxassislar va rahbarlarni birlashtirgan. “Mahorat & Management” va SES (Senior Experts Service) kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida SESning axborot texnologiyalari bo‘yicha eksperti Sh.Behjad ishtirokida O‘zDJTU Akademik liseyida ta’limni boshqarishning axborot tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar, ekspert treninglari tashkil etildi.